ААА
RRR
ShShSh
Saytdan izlash
O'zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Tuproqqal'a tuman bo'limi

Saytning odatiy versiyasiga qaytish

2030-yil 1-yanvardan tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan faqat davlat ro‘yxatidan o‘tgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin.

 Hukumat qarori (577-son, 19.10.2026-y.) bilan Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

🗓 Qarorga ko‘ra, 2030-yil 1-yanvardan boshlab tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi faqat muayyan mutaxassislik bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan shaxslarga besh yil muddatga beriladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tmagan shaxsning tegishli mutaxassislik bo‘yicha tibbiy yoki farmatsevtika kasbiy faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlanadi.

🏢 Vakolatli organ — Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi.

📆 2027-yil 1-iyuldan 2030-yil 1-yanvarga qadar xodimlar mutaxassisligi bo‘yicha ixtiyoriy tartibda maxsus imtihon natijalariga ko‘ra yoki malaka toifalarini berish jarayonida avtomatik ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.