Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Faoliyati / Ochiq ma'lumotlar » Qizamiq xavflimi ?

Qizamiq xavflimi ?

3-04-2026, 15:09
10
🔰Qizamiq asorati bilan xavfliQizamiq — bu juda yuqumli virusli kasallik bo‘lib, asosan bolalarda uchraydi, lekin emlanmagan kattalar uchun ham xavfli hisoblanadi.
-Kasallik havo-tomchi yo‘li orqali tez tarqaladi va qisqa vaqt ichida ko‘plab odamlarni zararlashi mumkin.


Qizamiq dastlab isitma, yo‘tal, burun oqishi, ko‘z qizarishi bilan boshlanadi. 

Bir necha kundan so‘ng tanada qizil toshmalar paydo bo‘ladi. Ko‘pchilik qizamiqni oddiy bolalar kasalligi deb hisoblaydi, ammo uning asoratlari juda og‘ir bo‘lishi mumkin.
Eng xavfli asoratlari quyidagilar:
zotiljam (o‘pka yallig‘lanishi);
o‘rta quloq yallig‘lanishi va eshitish pasayishi;

kuchli suvsizlanish;

ensefalit (miya yallig‘lanishi);

immunitetning keskin pasayishi.

Ba’zi holatlarda qizamiq nogironlikka yoki hatto o‘limga ham olib kelishi mumkin.
 Ayniqsa, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homilador ayollar va immuniteti sust insonlar xavf guruhiga kiradi.
❓Qizamiqdan himoyalanishning eng samarali usuli — emlash. 
Vaksina organizmda mustahkam immunitet hosil qilib, kasallikning oldini oladi va og‘ir asoratlar xavfini kamaytiradi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.