ААА
RRR
ShShSh
Saytdan izlash
O'zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Tuproqqal'a tuman bo'limi

Saytning odatiy versiyasiga qaytish

USTOZ-SHOGIRD AN’ANASI — TAJRIBA VA MAHORAT DAVOMIYLIGI

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Xorazm viloyati Tuproqqal'a tuman bo‘limida ko‘p yillar davomida samarali mehnat qilib kelayotgan tajribali xodimlarga yangi ishga qabul qilingan yosh mutaxassislar biriktirildi.
✅ Mazkur tashabbusdan ko‘zlangan maqsad — tajribali xodimlarning ko‘p yillik bilim va ko‘nikmalarini yoshlarga o‘rgatish, ularning kasbiy mahoratini oshirish hamda sohaga oid bilimlarini amaliy tajriba bilan boyitishdan iborat.
🤝 Ustozlar o‘z shogirdlariga ish jarayonida yaqindan ko‘maklashib, kasbiy tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar. Yosh mutaxassislar esa ustozlar ko‘magida o‘z kasbining yetuk egasi bo‘lib shakllanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Zero, ustoz tajribasi — shogird kamoloti, avlodlar davomiyligi esa soha taraqqiyotining mustahkam poydevoridir!